Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Xodimning pul undirishga doir talablarini qondirish


Download 154.93 Kb.
bet115/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

275-modda. Xodimning pul undirishga doir talablarini qondirish
Ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqlidir.
Ish haqini undirish to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda, mehnat nizolarini ko‘ruvchi organ xodimning pul undirishga doir quyidagi talablarini to‘liq qondiradi:
mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga mehnat daftarchasini o‘z vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 108-moddasi.
mehnat nizolarini ko‘ruvchi organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini ish beruvchi ijro etmaganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi;
foydalanilmagan ta’til uchun xodimga tegishli bo‘lgan kompensatsiyani to‘lash to‘g‘risidagi.
Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi, boshqa ishga g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazilganligi yoki ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlatilganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga haq to‘lash to‘g‘risidagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish chog‘ida mehnat nizolarini ko‘ruvchi organ tomonidan xodimning pul undirishga doir talablari bir yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun qondiriladi.
Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun qondiriladi.
276-modda. Ayrim toifadagi davlat xizmatchilariga taalluqli mehnat nizolarini ko‘rib chiqish xususiyatlari
Ayrim toifadagi davlat xizmatchilarining mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o‘tkazish, asossiz ravishda boshqa ishga o‘tkazish yoki mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararni undirish va intizomiy jazo berish masalalariga taalluqli mehnat nizolari qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 78 va 79-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 48-moddasi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling