Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Jamoalarga doir mehnat nizolarini (ziddiyatlarini) ko‘rib chiqish tartibi


Download 154.93 Kb.
bet117/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

281-modda. Jamoalarga doir mehnat nizolarini (ziddiyatlarini) ko‘rib chiqish tartibi
Jamoalarga doir mehnat nizolari (ziddiyatlari) — bu ish beruvchi (ish beruvchilar birlashmasi) va xodimlar jamoalari (xodimlarning vakillik organlari) o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini o‘zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, o‘zgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o‘zgartirish xususidagi jamoalarga doir mehnat nizolarini hal etish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarni, shu jumladan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan jamoa shartnomalari, kelishuvlari, lokal hujjatlarni qo‘llanish xususidagi jamoalarga doir mehnat nizolari sud tartibida ko‘rib chiqilishi lozim. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan jamoa shartnomalari, kelishuvlari va boshqa lokal hujjatlarni qo‘llanish xususidagi jamoalarga doir mehnat nizolarini sudlar taraflardan birining arizasi asosida ko‘rib chiqadilar.
(281-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida aytib o‘tilgan ishlarni sudlarda ko‘rib chiqish hamda sudlarning qarorlarini ijro etish vaqtida ushbu Kodeksda yakka mehnat nizolari uchun belgilangan tegishli qoidalar va muddatlar qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 261, 268, 269 va 270-moddalari.
XVI BOB. DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI
1-§. UMUMIY QOIDALAR
282-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasining barcha xodimlarga tatbiq etilishi
Barcha xodimlar davlat yo‘li bilan ijtimoiy sug‘urta qilinishlari lozim.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling