Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


Download 154.93 Kb.
bet121/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

290-modda. Nogironlik pensiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlik pensiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga:
(290-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli — mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar;
boshqa sabablar tufayli — muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining III bobi (“Nogironlik pensiyalari”).
(290-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
291-modda. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining IV bobi (“Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari”).
292-modda. Pensiya turini tanlash huquqi
Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta qilingan xodimlarga (boquvchisini yo‘qotgan hollarda esa — ularning oila a’zolariga) ularning o‘zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling