Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari va muddatlari


Download 154.93 Kb.
bet22/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

65-modda. Ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son — 2021-yil 21-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.
(65-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son — 2021-yil 21-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasi beshinchi — yettinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishsizlik nafaqasining miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
(65-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 52-moddasi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling