Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar
-modda. Mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari
Download 154.93 Kb.
|
MEHNAT KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 59-modda. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish
58-modda. Mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari
Davlat: ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini; ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni; maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni; har kimga kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni; yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini oshirishni; Oldingi tahrirga qarang. boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonunchilikka muvofiq kompensatsiya to‘lashni; (58-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Oldingi tahrirga qarang. Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab qo‘yiladi. (58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasi. 59-modda. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish Oldingi tahrirga qarang. Aholining ishga joylashishiga ko‘maklashish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. (59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom. Ish bilan ta’minlash siyosatini amalga oshirish borasidagi tadbirlarni moliyaviy jihatdan ta’minlash hamda mehnat organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan tartibda Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tashkil etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-sonli “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Download 154.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling