Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Taklif qilingan maqbul keladigan ishni rad etish


Download 154.93 Kb.
bet21/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

62-modda. Taklif qilingan maqbul keladigan ishni rad etish
Mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab o‘n kun ichida o‘zlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar ish qidirayotgan deb e’tirof etilmaydi va taklif qilingan ishni rad etgan paytdan boshlab o‘ttiz kalendar kun o‘tgandan keyingina ishsiz sifatida takroran ro‘yxatga olinish huquqiga egadir.
63-modda. Maqbul keladigan deb hisoblanmaydigan ish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar:
ish yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatdan qulay bo‘lmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatdan qulayligi (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan uzoqligi) mazkur joydagi jamoat transporti tarmog‘ining rivojlanganligi hisobga olingan holda hududiy mehnat organlari tomonidan belgilanadi;
(63-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
taklif etilgan ishni rad etish ishsiz shaxsning sog‘lig‘i holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mavjud moneliklarga asoslangan bo‘lsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasining uchinchi qismi.
(63-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
64-modda. Moddiy madad berishga oid kafolatlar
Ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga:
ishsizlik nafaqasi to‘lash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65, 66-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 49, 51, 53-moddalari.
qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 62 va 73-moddalari .
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta’minlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Mehnat shartnomasi alohida asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda xodimlarga moddiy madad berish uchun qo‘shimcha kafolatlar beriladi (67-modda).
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 49-moddasi

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling