Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Korxona qayta tashkil etilganda jamoa shartnomasining o‘z kuchini saqlab qolishi


Download 154.93 Kb.
bet15/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

43-modda. Korxona qayta tashkil etilganda jamoa shartnomasining o‘z kuchini saqlab qolishi
Korxona qayta tashkil etilganda shu qayta tashkil qilish davrida jamoa shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi, shundan keyin taraflardan birortasining tashabbusi bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Korxona tarkibi, tuzilishi, boshqaruv organining nomi o‘zgargan, korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham jamoa shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
44-modda. Korxona mol-mulkining egasi o‘zgarganda jamoa shartnomasining o‘z kuchini saqlab qolishi
Korxona mol-mulkining egasi o‘zgarganda jamoa shartnomasi o‘z kuchini olti oy mobaynida saqlab qoladi.
Bu davrda taraflar yangi jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini saqlab qolish, o‘zgartirish va to‘ldirish haqida muzokaralar boshlashga haqli.
Jamoa shartnomasi qayta ko‘rib chiqilayotganida avvalgi jamoa shartnomasida xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlarni saqlab qolish va boshqa shartlarni bajarish mumkinligi to‘g‘risidagi masala hal etilishi kerak.
45-modda. Korxona tugatilganda jamoa shartnomasining o‘z kuchini saqlab qolishi
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona qonunchilikda belgilangan tartib va shartlar asosida tugatilayotganda jamoa shartnomasi butun tugatish ishlari olib borilayotgan muddat davomida o‘z kuchini saqlab qoladi.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 va 55-moddalari.
46-modda. Jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli organlari tekshirib boradilar.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom.
Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o‘zida maxsus ko‘rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasida) hisobot berib turadilar.
Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o‘zlaridagi buning uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling