Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Muzokaralar olib borish tartibi


Download 154.93 Kb.
bet11/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

32-modda. Muzokaralar olib borish tartibi
Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuvining loyihasini tayyorlash uchun taraflar teng huquqlilik asosida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan vakillardan iborat komissiya tuzadilar.
Komissiyaning tarkibi, muzokaralarning muddati, o‘tkaziladigan joyi va kun tartibi taraflar qarori bilan belgilanadi.
Muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarga jamoa shartnomasi, kelishuvining mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama qilishda to‘la erkinlik beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchilar va ularning birlashmalari, ijro etuvchi hokimiyat organlari kasaba uyushmalariga, xodimlarning boshqa vakillik organlariga muzokaralar uchun o‘zlaridagi zarur ma’lumotlarni berishlari shart. Muzokaralarning qatnashchilari, muzokara olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslar, basharti o‘zlari olgan ma’lumotlar davlat yoki tijorat siri bo‘lsa, ularni oshkor qilmasliklari kerak. Bu ma’lumotlarni oshkor qilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(32-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 162-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasi.
Agar muzokaralar jarayonida taraflar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra murosaga kela olmagan bo‘lsalar, bayonnoma tuzilib, unga taraflarning bu sabablarni bartaraf etish uchun zarur choralar haqidagi tugal ravishda bayon etilgan, shuningdek muzokaralarni qayta tiklash muddatiga doir takliflari kiritiladi.
33-modda. Muzokaralar chog‘ida kelib chiqadigan ixtiloflarni hal etish
Muzokaralar chog‘ida kelib chiqadigan ixtiloflar jamoalarga doir mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 281-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling