Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik


Download 154.93 Kb.
bet12/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

34-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(34-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar quyidagilar uchun javobgar bo‘ladilar:
1) jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, o‘zgartirish yoki to‘ldirish yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo‘yin tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning ishini ta’minlamaganlik uchun;
2) muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuviga rioya etilishi ustidan tekshirish olib borish uchun kerakli axborot taqdim etmaganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
3) jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik uchun. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi talabiga ko‘ra mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs jamoa shartnomasi majburiyatlari buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor bo‘lgan rahbarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘rishi shart.
(34-modda birinchi qismining uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan harakatlar (harakatsizliklar) mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi tariqasida baholanadi va qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling