Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


Download 154.93 Kb.
bet13/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

2-§. JAMOA ShARTNOMASI
35-modda. Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish
Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) ega.
Jamoa shartnomalari korxonalarda, ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo‘linmalarida tuziladi.
36-modda. Jamoa shartnomasining taraflari
Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan — bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.
37-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi
Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
narxlarning o‘zgarib borishi, inflatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari;
ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;
xodimlarning, shu jumladan ayollar va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash;
korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarining shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;
(37-moddaning ikkinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-8-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2005-y., 37-38-son, 280-modda)
jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sheriklik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda boshqa shartlar, shu jumladan qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda ko‘rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekin yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin.
(37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti amaldagi qonun hujjatlarida normativ tusdagi qoidalar jamoa shartnomasida albatta mustahkamlab qo‘yilishi shart deb bevosita ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, bunday qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 95-moddasining uchinchi qismi, 117-moddasining ikkinchi qismi, 123-moddasining birinchi qismi, 130-moddasi birinchi qismi, 137-moddasining ikkinchi qismi, 148-moddasining ikkinchi qismi, 153-moddasining ikkinchi qismi, 154-moddasining ikkinchi qismi, 157-moddasining birinchi qismi, 158-moddasining uchinchi qismi, 159-moddasining ikkinchi qismi, 161-moddasining birinchi qismi, 166-moddasining birinchi qismi, 170, 173-moddalari, 176-moddasining ikkinchi qismi, 180-moddasining birinchi qismi, 194-moddasining birinchi qismi, 203-moddasining uchinchi qismi, 216-moddasining birinchi qismi, 217-moddasining ikkinchi qismi, 236-moddasining to‘rtinchi qismi, 262-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasining uchinchi qismi, 16-moddasining uchinchi qismi, 18-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasining uchinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining uchinchi qismi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling