Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar
-modda. Mehnat shartnomasining mazmuni
Download 154.93 Kb.
|
MEHNAT KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 74-modda. Mehnat shartnomasining shakli
73-modda. Mehnat shartnomasining mazmuni
Oldingi tahrirga qarang. Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. (73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi: ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi); xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim; ishning boshlanish kuni; mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati; mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalari”ning III (“Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari”) va IV bo‘limlari (“Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning qo‘shimcha shartlari”), “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 6, 15, 21-bandlari (28.03.2020-y., ro‘yxat raqami 3228). Oldingi tahrirga qarang. Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. (73-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 74-modda. Mehnat shartnomasining shakli Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Mehnat shartnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qaror bilan tasdiqlangan Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi. Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko‘rsatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd etib qo‘yiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta’kidlash tariqasida korxona muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. (74-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalari”ning V bo‘limi (“Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni rasmiylashtirish”). Download 154.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling