Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


Download 154.93 Kb.
bet34/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

87-modda. Dastlabki sinov natijasi
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgandagina bekor qilishi mumkin.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddatini qisqartirishga faqat shartnoma taraflarining kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilab olingan ogohlantirish muddati mobaynida xodim mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risida berilgan arizani qaytarib olishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 10, 11 va 12-bandlari.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VI bobi 4-paragrafi (“Mehnat shartnomasining bekor qilinishi”).
3-§. MEHNAT ShARTNOMASINI O‘ZGARTIRISh
88-modda. Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirishning umumiy tartibi
Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi.
Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, ta’tilning muddati va boshqa shartlar kiradi.
Texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar ishlab chiqarish omillari deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi.
(88-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabi bilan mehnat shartlarini o‘zgartirishga ushbu Kodeksning 89 va 90-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling