Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar miqdori


Download 154.93 Kb.
bet82/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

193-modda. Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar miqdori
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘lanadigan zarar miqdori marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o‘ziga va uning qaramog‘ida bo‘lgan, lekin zararni undirishga haqli bo‘lmagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarning ulushini chegirib tashlagan holda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 169-moddasi.
Zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lgan shaxslarning har biriga tegishli bo‘lgan zarar miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining mazkur shaxslarning hammasiga to‘g‘ri keladigan qismi ular soniga taqsimlanadi.
Vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun zarar to‘lovi miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
agar ta’minot mablag‘i sud tartibida undirilgan bo‘lsa, u holda zarar to‘lovlari sud tomonidan tayinlangan summa miqdorida belgilanadi;
agar ta’minot mablag‘i sud tartibida undirilmagan bo‘lsa, u holda zarar to‘lovlari ularning moddiy ahvoli hamda vafot etgan shaxsning hayotlik vaqtida ularga yordam ko‘rsatish imkoniyatini hisobga olib belgilanadi.
Agar vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar ham, uning qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar ham ayni bir vaqtda zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lsalar, bunday holda zarar to‘lovlari miqdori avvalo marhumning qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar to‘lovi summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so‘ngra ish haqining qolgan miqdoridan kelib chiqib ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda marhumning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar uchun qoplanadigan zarar miqdori belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va boshqa daromadlar qoplanadigan zarar to‘lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqdagi har bir shaxsga tegishli bo‘lgan zararni qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizidan oz bo‘lishi mumkin emas.
(193-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1010 va 1011-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning 27 va 28-bandlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 11-bandi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling