Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Mehnat nizolari komissiyasining qarori


Download 186.6 Kb.
bet27/29
Sana04.09.2020
Hajmi186.6 Kb.
#128444
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Mehnat kodeksi


265-modda. Mehnat nizolari komissiyasining qarori

Mehnat nizolari komissiyasining qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilinadi.

Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlangan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Komissiyaning pul undirish talablariga oid qarorida xodimga tegishli summa aniq ko‘rsatilishi lozim.

Qaror majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. U majburiy kuchga ega bo‘lib, biron bir tarzda tasdiqlanmaydi.

Komissiya qarorining nusxasi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi.



266-modda. Mehnat nizolari komissiyasining qarorini bajarish

Mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.

Basharti ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi.

Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangan muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi.



Oldingi tahrirga qarang.

Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin ko‘pi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro ettiradi.



(266-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonuni.

Xodim belgilangan uch oylik muddatni uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.



267-modda. Mehnat nizosini ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazish va mehnat nizolari komissiyasi qarori ustidan shikoyat qilish

Basharti mehnat nizolari komissiyasi o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqlidir.

Mehnat nizolari komissiyasining qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida tuman (shahar) sudiga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud bu muddatni uzrli sabablarga binoan o‘tkazib yuborilgan deb e’tirof etgan holda, o‘tkazib yuborilgan bu muddatni tiklashi va nizoni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 270-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 2 va 3-bandlari.

268-modda. Mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqi

Quyidagilar mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar:

1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 259-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasi, Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 5.5-bandi.

2) mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 10-bandining birinchiyigirma to‘rtinchi xatboshilari.

3) ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 207-moddasi.

4) prokuror.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 50-moddasining birinchi qismi.

269-modda. Bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari

Mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rib chiqiladi:

1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa;

2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;

3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to‘lanishi haqida bo‘lsa;

4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan ma’naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida bo‘lsa;

5) ular ushbu Kodeks 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa;

6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa.

Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan mehnat nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko‘ra bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash to‘g‘risidagi mehnat nizolari, agar mansabdor shaxs yetkazgan zarar iqtisodiy nizoni ko‘rib chiqish paytida aniqlangan bo‘lsa, iqtisodiy sudlar tomonidan ham ko‘rib chiqiladi.



(269-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.



270-modda. Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojaat etish muddatlari

Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:

ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;

xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;

boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.

Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 5.6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 2 va 3-bandlari.

271-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi va xodimni boshqa ishga o‘tkazish haqidagi nizolar yuzasidan qaror qabul qilish

Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz yoki belgilangan tartib buzilgan holda bekor qilingan yoxud xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda, u mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi kerak.

Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganligining qonuniyligi yoki qonuniy emasligi haqidagi masala hal qilinayotganda, sud xodim bilan mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganligining asosliligiga baho berib o‘tadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori.

G‘ayriqonuniy ravishda sudlanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan ishdan (lavozimdan) chetlatilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi lozim, buning imkoniyati bo‘lmaganda esa (korxona tugatilganligi, shtatlar qisqarganligi) yoki ishga (lavozimga) tiklash uchun monelik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, unga avvalgi ishiga (lavozimiga) teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 310-moddasi.

272-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish sababining ta’rifini o‘zgartirish

Mehnat shartnomasini bekor qilish sababining ta’rifi noto‘g‘ri yoki amaldagi qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, sud uni o‘zgartiradi va hal qiluv qarorida qonunning tegishli moddasi (bandi) ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish sababini amaldagi qonun hujjatlariga aniq muvofiq qilib ko‘rsatadi. Sud ayni bir vaqtda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar berilishi to‘g‘risidagi va xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani hal qiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 67109237246-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi.

Xodimning iltimosiga ko‘ra sud mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta’rifini uning o‘z xohishiga binoan yoki taraflarning kelishuvi bo‘yicha deb o‘zgartirilganligi to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish bilan cheklanishi mumkin.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori 50-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.

Basharti xodim mehnat shartnomasini bekor qilishning ta’rifi o‘zining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblasa, u holda tuman (shahar) sudi nizoni ko‘rish bilan bir vaqtda, xodimning talabiga ko‘ra, unga yetkazilgan ma’naviy zararni to‘lash masalasini ham hal etadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.

Download 186.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling