Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Xalqaro shartnomalar, konvensiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining nisbati


Download 186.6 Kb.
bet2/29
Sana04.09.2020
Hajmi186.6 Kb.
#128444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Mehnat kodeksi


10-modda. Xalqaro shartnomalar, konvensiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining nisbati

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishi

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tatbiq etiladi.



12-modda. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining chet el korxonalarida qo‘llanilishi

Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq yoki qisman tegishli bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarda O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llaniladi.



13-modda. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash

Ushbu Kodeks mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki bekor bo‘lishi bilan bog‘laydigan muddatning o‘tishi uning boshlanishi belgilangan kalendar kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi.

Yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar so‘nggi yilning, oyning, haftaning tegishli kunida tugaydi. Kalendar bo‘yicha hisoblanadigan haftalar yoki kunlar muddatiga ishlanmaydigan kunlar ham qo‘shiladi.

Basharti muddatning so‘nggi kuni ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.



II BOB. MEHNATGA OID MUNOSABATLARNING SUBYEKTLARI

14-modda. Xodim mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida

Belgilangan yoshga yetgan (77-modda) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subyektlari bo‘lishi mumkin.



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 72-moddasi.

15-modda. Ish beruvchi mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida

Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:

1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida;

2) mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;

3) o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.

Oldingi tahrirga qarang.

4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

16-modda. Xodimning asosiy mehnat huquqlari

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Har bir xodim:

Oldingi tahrirga qarang.

o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 155-moddasi.

(16-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning VII (“Ish vaqti”) va VIII boblari (“Dam olish vaqti”).

xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 211-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasining birinchi qismi.

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning XII bobi 2-paragrafi (“Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi”), O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.

kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 212223-moddalari va O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni.

qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning XVI bobi (“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi”), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni.

o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”), Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalarining 5.1-bandi (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.).

jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 281-moddasi.

17-modda. Ish beruvchining asosiy huquqlari

Ish beruvchi:

korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning VI bobi (“Mehnat shartnomasi”).

mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 176-moddasi.

o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir.



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi.

Download 186.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling