Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Moliyaviy sanksiyalar


Download 4.28 Mb.
bet158/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

218-modda. Moliyaviy sanksiyalar
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir.Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 28.
Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech bo‘lmaganda bitta holat mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan ikki marta kamaytiriladi.Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo‘linganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.
Ushbu Kodeksning 216-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi.
Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi.
28-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
219-modda. Soliq organida hisobga qo‘yish tartibini buzish
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yishning belgilangan tartibi soliq to‘lovchi tomonidan buzilganda, —
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hisobga qo‘yish sanasidan haqiqatda hisobga qo‘yilgan sanagacha bo‘lgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin besh million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(219-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Kodeksning 131-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq solish obyekti bo‘yicha soliq organlarida hisobga qo‘yish muddatlari buzilganda, agar hisobga qo‘yishning belgilangan muddatidan o‘tishi:
o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmaganda, — bir million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lganda, — ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Chet el yuridik shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasini tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qo‘ymasdan amalga oshirilishi —
bunday faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qo‘yilgan sanagacha bo‘lgan davrda olingan daromaddan o‘n foiz miqdorida, lekin o‘n million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, —
bunday faoliyatdan olingan daromadlarning o‘n foizi miqdorida, lekin bir million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 129-moddasi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling