Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvurlar, elektr uzatish va telekommunikatsiyalar liniyalari 15 III
- Mashinalar va uskunalar (transport uskunalaridan tashqari) 20 IV
- Transport uskunalari
- Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizatsiya qilinadigan aktivlar
Soliq to‘lovchi soliqni hisoblab chiqarish maqsadida amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq normalar bo‘yicha hisoblashga haqli. Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya summasi soliq to‘lovchilar tomonidan har oyda aniqlanadi. Amortizatsiya har bir amortizatsiya qilinadigan aktiv bo‘yicha alohida hisoblanadi hamda uning boshlang‘ich qiymatining va ushbu obyekt uchun belgilangan amortizatsiya normasining ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktiv, shu jumladan qonunchilikka muvofiq huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan qat’i nazar, foydalanishga topshirilgan sanadan e’tiboran boshlanadi. Agar soliq to‘lovchi biror-bir kalendar oy ichida ta’sis etilgan, tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan bo‘lsa, amortizatsiya quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda hisoblanadi: 1) amortizatsiya ta’sis etilayotgan, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran hisoblanadi; 2) amortizatsiya tugatilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan tugatish yakunlanadigan sanagacha, qayta tashkil etilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan esa qayta tashkil etish tugatiladigan sanagacha hisoblanadi. Ushbu modda o‘ttiz beshinchi qismining qoidalari o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Amortizatsiyani hisoblash amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati to‘liq hisobdan chiqarilgan sanadan e’tiboran yoki bunday aktiv soliq to‘lovchining amortizatsiya qilinadigan aktivlari tarkibidan har qanday asoslarga ko‘ra chiqarilganda tugatiladi. Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan sanadan e’tiboran tugatiladi va amortizatsiya qilinadigan aktiv raskonservatsiya qilingan yoki uni rekonstruksiya qilish (modernizatsiyalash) yakunlangan sanadan e’tiboran qayta tiklanadi. Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymatiga ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandida nazarda tutilgan xarajatlar kiritilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 317-moddasining 17-bandi. Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi. (306-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling