Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Investitsiyaviy chegirma


Download 4.28 Mb.
bet217/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

308-modda. Investitsiyaviy chegirma
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli.
(308-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi.
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 20 foizi miqdorida;
(308-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasining 10 foizi miqdorida.
(308-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 317-moddasi.
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan yoxud o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini o‘tkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minoti sotib olingan hisobot (soliq) davrida qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan e’tiboran ko‘pi bilan uch yil o‘tgan mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi texnologik uskunalar deb e’tirof etiladi.
(308-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Amortizatsiya qilinadigan aktiv u bo‘yicha investitsiyaviy chegirma qo‘llanilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, investitsiyaviy chegirmaning amal qilishi bunday aktivning chiqib ketishi ro‘y bergan hisobot (soliq) davrida jamg‘arilgan amortizatsiya summasidan uni chegirib tashlash orqali bekor qilinadi.
Ushbu modda yettinchi qismining qoidalari amortizatsiya qilinadigan aktivning favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya va shunga o‘xshash boshqa holatlar) tufayli chiqib ketishi hollariga nisbatan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati uning chiqib ketish sanasiga qadar ushbu Kodeksning 306-moddasida belgilangan normalar bo‘yicha to‘liq amortizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan hollarda tatbiq etilmaydi.
(308-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling