Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar


Download 4.28 Mb.
bet219/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

311-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan o‘rganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan boshqa xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(311-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan paytdan e’tiboran soliq to‘lovchining jami daromaddan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra belgilanadigan amortizatsiya normasini qo‘llash yo‘li bilan, biroq ushbu moddada nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq to‘lovchi yer qa’ri uchastkasidagi ishlarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qa’ridan foydalanish huquqi to‘liq tugatilsa, soliq to‘lovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli.
312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va g‘oyalarni olish maqsadida amalga oshirilgan original hamda rejali tadqiqotlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy tadqiqotlarga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.
(312-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) takomillashtirishga, ishlab chiqarishni va boshqaruvni tashkil etishning yangi texnologiyalarini, usullarini yaratish yoki qo‘llanilayotganlarini takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yoki asoslantirilgan tarzda ushbu konstruktorlik faoliyati turlari jumlasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlar kiritiladi.
(312-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qat’i nazar, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin 2-koeffitsiyent qo‘llanilgan holda chegirib tashlanadi.
(312-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Agar soliq to‘lovchi ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalari yuzasidan amalga oshirilgan xarajatlar natijasida intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquqlarni olsa, mazkur huquqlar nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi. Bunday holda ko‘rsatilgan xarajatlar ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda chegirib tashlanadi.
Ushbu moddaning qoidalari shartnoma bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini ijrochi (pudratchi yoki subpudratchi) sifatida bajaruvchi soliq to‘lovchilarning xarajatlarini soliq solish maqsadlarida e’tirof etishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 307-moddasi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling