Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari bo‘yicha zararlarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 4.28 Mb.
bet240/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari bo‘yicha zararlarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
Yuridik shaxsning mol-mulk majmui sifatidagi korxonani ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushini realizatsiya qilishdan yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar realizatsiya qilingan (chiqib ketgan) aktivlarga aynan o‘xshash aktivlarni realizatsiya qilishdan (ularning chiqib ketishidan) olingan daromadlar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Ishonchli boshqaruv shartnomasi bo‘yicha ko‘rilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvning kelgusidagi daromadlariga o‘tkaziladi.
Oddiy shirkat shartnomasida (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomada) ishtirok etishdan sheriklarning (ishtirokchilarning) olgan zarari ishonchli shaxsda ushbu oddiy shirkat oladigan kelgusi daromadlarga o‘tkaziladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan ko‘rilgan zararlar birgalikda aniqlanadi va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar shu xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan kelgusi daromadlarga o‘tkaziladi.
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar va muddatli bitimlarning muomalada bo‘lmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar alohida aniqlanadi va xuddi shunday operatsiyalardan olingan daromadlar hisobidan har bir soliq bazasi doirasida kompensatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(336-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 333-moddasining oltinchi qismi.
47-bob. Soliq stavkalari. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
337-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.


Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling