Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar
53-bob. Jami daromad
368-modda. Jami daromad Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi: 1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan; 2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan. 369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi: 1) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan soliq to‘lovchi olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar; LexUZ sharhi Qarang: “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar; LexUZ sharhi Qarang: “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonuni. 3) olingan alimentlar; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. 4) fuqarolar tomonidan olinadigan sug‘urta tovoni summalari; Oldingi tahrirga qarang. 5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda to‘lanadigan stipendiyalar; (369-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari; (369-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni. Oldingi tahrirga qarang. 7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno; (369-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son — 2020-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 8) majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli daromadlar, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari. LexUZ sharhi Qarang: “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuni. Oldingi tahrirga qarang. 9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar; (369-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Keyingi tahrirga qarang. 10) O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha daromadlar. Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi: Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling