Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Soliqlarning elementlari


Download 4.28 Mb.
bet47/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

6-bob. Soliqlarning elementlari
69-modda. Soliqlarning elementlari
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
(69-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish obyekti;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 70-moddasi.
2) soliq bazasi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi.
3) soliq stavkasi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 72-moddasi.
4) soliq davri;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 73-moddasi.
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi.
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82-moddasi.
7) soliqni to‘lash tartibi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi.
70-modda. Soliq solish obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega bo‘ladi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling