Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar


Download 4.28 Mb.
bet150/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

206-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining daromadlarini aniqlashda ushbu Kodeksning maqsadida uning quyidagi daromadlari hisobga olinadi:
1) ushbu chet el kompaniyasi tomonidan olingan dividendlar;
2) yuridik shaxslarning, boshqa shaxslarning yoki ular birlashmalarining foydasini yoki mol-mulkini taqsimlash natijasida, shu jumladan ularni tugatish chog‘ida taqsimlash natijasida olinadigan daromadlar;
3) har qanday turdagi qarz majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan foydada ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan obligatsiyalar va ayirboshlanadigan obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromad;
4) royalti;
5) chet el huquqi bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan chet el tashkilotida aksiyalarni (ulushlarni) realizatsiya qilishdan va (yoki) huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazishdan olinadigan daromadlar;
6) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga (hosila moliyaviy vositalariga) doir operatsiyalar bo‘yicha daromadlar;
7) ko‘chmas mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
8) mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, shu jumladan lizing operatsiyalaridan olinadigan daromadlar, bundan dengiz yoki havo kemalarini va (yoki) transport vositalarini, shuningdek xalqaro tashishlarda foydalaniladigan konteynerlarni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar mustasno. Bunda lizing oluvchi tomonidan lizing predmetini olish va undan foydalanish bilan bog‘liq lizing operatsiyalaridan olinadigan daromad lizing to‘lovining lizing beruvchiga lizingga berilgan mol-mulk qiymatini to‘lashni chiqarib tashlangan holdagi barcha summasidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi;
9) investitsiya pay fondlarining investitsiya paylarini realizatsiya qilishdan (shu jumladan to‘lanishidan) olinadigan daromadlar;
10) maslahat berish, yuridik, buxgalterlik, auditorlik, injiniring, reklama, marketing xizmatlari, axborotga ishlov berish xizmatlari ko‘rsatishdan, shuningdek ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
11) xodimlarni taqdim etishga oid xizmatlardan olinadigan daromadlar;
12) ushbu modda birinchi qismining 1 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlarga o‘xshash bo‘lgan boshqa daromadlar;
13) boshqa daromadlar.
Ushbu Kodeksning maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 1 — 12-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlar passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb, ushbu moddaning birinchi qismi 13-bandida ko‘rsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar bunda chet el kompaniyasining asosiy faoliyati ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan daromadlarni olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa va chet davlatning (hududining) qonunchiligiga muvofiq maxsus litsenziya asosida amalga oshirilsa, ko‘rsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. Xususan, banklar uchun bunday daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb e’tirof etiladi.
(206-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 205-moddasi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling