Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Maqsadli mablag‘lar


Download 4.28 Mb.
bet28/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

48-modda. Maqsadli mablag‘lar
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solish maqsadida soliq to‘lovchi tomonidan maqsadli mablag‘larning manbai bo‘lgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonunchilikda belgilangan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablag‘larga kiradi.
(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maqsadli mablag‘larga jumladan quyidagilar kiradi:
1) budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va budjet subsidiyalari;
2) grantlar va insonparvarlik yordami;
3) maqsadli tushumlar.
Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul asosda beriladigan quyidagi mol-mulk grant deb e’tirof etiladi:
1) davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro yoki chet el hukumat tashkilotlari yoxud nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk;
2) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan u vakolat bergan tashkilotlar orqali taqsimlanadigan, aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va (yoki) ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasiga aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish soliq solish maqsadida insonparvarlik yordami deb e’tirof etiladi.
Maqsadli tushumlarga notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yo‘naltirilgan tushumlar (bundan aksiz to‘lanadigan tovarlar tarzidagi tushumlar mustasno) davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida bepul kelib tushgan, shuningdek boshqa yuridik va (yoki) jismoniy shaxslardan kelib tushgan, mazkur oluvchilar tomonidan maqsadli foydalaniladigan tushumlar kiradi.
Notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yo‘naltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) muassislarning (ishtirokchilarning, a’zolarning) nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan badallari, shuningdek fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq deb e’tirof etiladigan xayriyalar;
(48-modda oltinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) notijorat tashkilotlar tomonidan bepul olingan tegishli shartnomalar asosida ko‘rsatilgan xizmatlar tarzidagi daromadlar;
3) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uy-joy, bog‘dorchilik, bog‘-tomorqa, garaj-qurilish, uy-joy qurilish kooperativlari yoki boshqa ixtisoslashgan iste’molchilar kooperativlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy mulkni ta’mirlash, mukammal ta’mirlash uchun ularning a’zolari tomonidan zaxira shakllantirishga ajratmalar;
4) notijorat tashkilotlarga vasiyatnoma bo‘yicha meros tartibida o‘tadigan mol-mulk;
5) notijorat tashkilotlarning ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan budjet mablag‘lari;
6) xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablag‘lar va boshqa mol-mulk;
7) kasaba uyushmasi tashkilotlariga kasaba uyushmasi tashkilotlarining ustavlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun jamoa shartnomalariga (kelishuvlariga) muvofiq kelib tushgan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq ular tomonidan tuzilgan soliq to‘lovchi bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalardan bepul olingan mablag‘lar;
(48-modda oltinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9) ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan olingan mol-mulk;
10) notijorat tashkilotlar tomonidan ular ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining qarorlariga binoan olingan davlat mulkidan bepul foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling