Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Maxsus soliq rejimlari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

18-modda. Maxsus soliq rejimlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi
maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
69-bobi
.
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq
solishning alohida tartibi;
1
1


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
XXI bo‘limi
.
4) O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq
solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan
investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan
muddat uchun belgilanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq
stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
3-bob. Soliq munosabatlarining subyektlari, ularning huquqlari va majburiyatlari
19-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari va hujjatlar almashish tartibi
Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining
subyektlaridir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
20

23
 va 
25-moddalari
.
Soliq organlari, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat
tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi
tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch
kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar
buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin
olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana
ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga hujjatlarni
mazkur moddaning 
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida
 ko‘rsatilganiga o‘xshash tartibda yuboradi.
Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda
— jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to‘ldirish tartibi,
bunday hujjatlarni qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 12-iyuldagi 2808-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati
organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling