Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

15-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik


Soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq
organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik
obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha
majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.
Soliq to‘lovchi tomonidan uning oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan
tuzilgan bitimlar bo‘yicha qilingan xarajatlar (ko‘rilgan zararlar), agar ushbu soliq to‘lovchi bitim
tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida tan
olinmaydi.
Soliq organlari soliq to‘lovchilarga kontragentlarning soliq organlarida soliq to‘lovchi
sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek boshqa axborotdan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish
imkoniyatini beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 30-maydagi 3237-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq
to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish,
shuningdek soliq to‘lovchilarining ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibi
to‘g‘risida”gi 
nizom
.
2-bob. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi
16-modda. Soliqlar va yig‘imlar
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat
budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb
yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasining
 birinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida
belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan
vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni
amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish
shartlaridan biri bo‘ladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasining
 birinchi qismi
.
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek
qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib
qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling