Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Soliq nazoratining shakllari
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari
- 138-modda. Kameral soliq tekshiruvi
136-modda. Soliq nazoratining shakllari
Soliq organlari soliq nazoratini: 1) soliq tekshiruvlari; 2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlari tovarlarning O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarga nisbatan o‘z vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi. (136-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari Oldingi tahrirga qarang. Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar, yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. (137-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi to‘g‘risida soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi: 1) kameral soliq tekshiruvi; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 138-moddasi . 2) sayyor soliq tekshiruvi; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 139-moddasi . 3) soliq auditi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 140-moddasi . 138-modda. Kameral soliq tekshiruvi Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin. Tekshiruvdan oldingi tahlil — taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir. Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz amalga oshiriladi. Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi. Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi. (138-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling