Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi
videotasvirga olish
qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda
esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Videotasvirni yozib olish to‘xtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir
materiallarining ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga
soliq nazoratiga oid
tadbir tugagach taqdim etiladi.
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda videotasvirga olish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki videoyozuvga olish imkoniyati
mavjud bo‘lmaganda xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq
harakatlarga
majburiy tartibda jalb etiladi.
(153-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
LexUZ sharhi
Do'stlaringiz bilan baham: