Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

157-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Soliq auditi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ushbu
Kodeksning 
158
va 
159-moddalarida
nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Mazkur ko‘rib
chiqish tartibi ushbu Kodeksning 
223
yoki 
224-moddalarida
nazarda tutilgan soliqqa oid
huquqbuzarliklarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
223
 va 
224-moddalari
.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
nazarda tutilmagan, soliq tekshiruvi va (yoki) soliq
nazoratining boshqa tadbirlari natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlar ushbu Kodeksning 
165
va 
166-moddalarida
 nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
165
 va 
166-moddalari
.
Soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan
talablarga rioya etmaslik yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining
qarorini bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish tartib-taomilining muhim shartlarini buzish
yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik
sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) soliq summalarini qo‘shib hisoblash
to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi. Bunday muhim shartlar jumlasiga o‘ziga
nisbatan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan shaxsning soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish
jarayonida shaxsan va (yoki) o‘z vakili orqali ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash hamda soliq
to‘lovchining tushuntirishlar berish imkonini ta’minlash kiradi.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish tartib-taomilining boshqacha buzilishlari ham,
agar bunday qoidabuzarliklar soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan g‘ayriqonuniy
qaror qabul qilishga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, yuqori turuvchi soliq organi yoki
sud tomonidan soliq organining qarorini bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling