Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Moliyaviy sanksiyalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

218-modda. Moliyaviy sanksiyalar
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir.
Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 
28
va 
29-boblarida
 nazarda tutilgan miqdorlarda
belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
28 bobi
.
Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech bo‘lmaganda bitta holat mavjud bo‘lgan taqdirda,
jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan ikki
marta kamaytiriladi.
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo‘linganda va soliq organining
soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan
e’tiboran o‘n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda
jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan miqdorga nisbatan ikki
baravarga kamaytiriladi.
Ushbu Kodeksning 216-moddasi 
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan
taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi.
Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda,
moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi.
28-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
219-modda. Soliq organida hisobga qo‘yish tartibini buzish
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yishning
belgilangan tartibi soliq to‘lovchi tomonidan buzilganda, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hisobga qo‘yish sanasidan haqiqatda
hisobga qo‘yilgan sanagacha bo‘lgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin
besh million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(219-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Kodeksning 
131-moddasida
 nazarda tutilgan hollarda soliq solish obyekti bo‘yicha
soliq organlarida hisobga qo‘yish muddatlari buzilganda, agar hisobga qo‘yishning belgilangan
muddatidan o‘tishi:
o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmaganda, — bir million so‘m miqdorida jarima solishga sabab
bo‘ladi;
o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lganda, — ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Chet el yuridik shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasini
tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qo‘ymasdan amalga oshirilishi

bunday faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qo‘yilgan
sanagacha bo‘lgan davrda olingan daromaddan o‘n foiz miqdorida, lekin o‘n million so‘mdan
kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, —
bunday faoliyatdan olingan daromadlarning o‘n foizi miqdorida, lekin bir million so‘mdan
kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
129-moddasi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling