Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish
Bank tomonidan soliq (yig‘im), bo‘nak to‘lovi, penya va jarima summasini o‘tkazish
to‘g‘risidagi soliq to‘lovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini
bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) —
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz
ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun o‘tkazilmagan
summa bir foizining beshdan bir qismidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
1
1


229-modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va operatsiyalar bo‘yicha
ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) soliq organiga taqdim etmaslik
Ushbu Kodeksning 
134-moddasida
nazarda tutilgan ma’lumotnomani (ko‘chirmalarni)
bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek ma’lumotnomalarni
(ko‘chirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lgan
ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) taqdim etish, —
ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
134-moddasi
.
IX BO‘LIM.
SOLIQ ORGANLARINING HUJJATLARI VA ULAR MANSABDOR ShAXSLARINING
HARAKATLARI (HARAKATSIZLIGI) USTIDAN ShIKOYAT BERISh
30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi
230-modda. Shikoyat berish huquqi
Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra
bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga
ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan, soliq
organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga
molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat soliq
organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati deb e’tirof etiladi.
(230-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan
qarori yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ushbu qaror
bo‘yicha soliqlarning va moliyaviy sanksiyalarning undirilgan (to‘langan) summalari O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining ushbu summalar undirilgan (to‘langan) davrda amalda bo‘lgan
qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni inobatga olgan
holda qaytarilishi (hisobga olinishi) lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
231 — 236-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling