Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

232-modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining
qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul
qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat
qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.
Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan
e’tiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga
yuborishi shart.
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul
qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi
kerak bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida
belgilangan muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib
yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha
yuqori turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi mumkin.
233-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni
Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar soliq organiga yozma yoki elektron shaklda
yuborilishi mumkin.
Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Shikoyatda quyidagilar ko‘rsatiladi:


1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi yoki shikoyat
berayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili;
2) soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati, mansabdor shaxsning
harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilayotgan shikoyat;
3) soliq organining nomi, normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjat, ustidan shikoyat
berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi);
4) shikoyat berayotgan shaxs o‘zining huquqlari qaysi asoslarga ko‘ra buzilgan deb
hisoblasa, o‘sha asoslar;
5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari.
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni o‘z vaqtida ko‘rib
chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Shikoyat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati, uning mansabdor
shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berayotgan shaxsning vakolatli
vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi
hujjatlar ilova qilinadi.
Shikoyatga shikoyat berayotgan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
230 — 232-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling