Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

34-bob. Soliq bazasi
247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu
bobga muvofiq o‘zi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning
o‘ziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
26-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq to‘lovchi
tomonidan ushbu bobga va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
(247-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Soliq bazasini aniqlash chog‘ida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
tushum soliq to‘lovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi
to‘lov, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan haq to‘lash sifatida olingan barcha
daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida soliq to‘lovchining chet el valyutasida ifodalangan
tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 
242-moddasida
belgilangan tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Agar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el
valyutasida belgilangan summaga teng bo‘lgan summadagi milliy valyutada haq to‘lash
nazarda tutilgan bo‘lsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq
to‘langan sana ularni realizatsiya qilish bo‘yicha ushbu Kodeksning 
242-moddasiga
muvofiq
aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga to‘g‘ri kelmasa, mazkur sanalarda chet el
valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq
bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning 
XII
bo‘limiga
muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan
hisobga olinishi lozim.
Ushbu Kodeksning 
239-moddasiga
muvofiq o‘z ehtiyojlari uchun soliq solish obyekti deb
e’tirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq to‘lovchi
tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
239
 va 
242-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling