Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi
hududiga olib kirish
Quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikda tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
(246-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda
insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda — boshqa tashkilotlar va shaxslar
yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko‘rsatish
(grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar;
(246-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy
foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik


xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi
uchun mo‘ljallangan tovarlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) qonunchilikka muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros obyektlari jamoasiga
kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovg‘aga
olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi;
(246-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
7) xalqaro kitob almashinuvi bo‘yicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan
olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini
amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan
kinematografiya asarlari;
8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy to‘lov vositalari bo‘lgan banknotlar (bundan
kolleksiyalash uchun mo‘ljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qog‘ozlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari
hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda
nazarda tutilgan bo‘lsa;
(246-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
10) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda,
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini
sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining texnik vositalari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
11) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan
buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya
uchun mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat
bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab
chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va
veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(246-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
243 — 245-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling