Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olishda daromadlarni va


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

323-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olishda daromadlarni va
xarajatlarni e’tirof etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ushbu bo‘lim maqsadida korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olish narxi va
korxonaning mol-mulk kompleksi sifatidagi sof aktivlarining qiymati (majburiyatlar chegirib
tashlangan holdagi aktivlar) o‘rtasidagi farq ushbu moddada belgilangan tartibda soliq
to‘lovchining xarajati (daromadi) deb e’tirof etiladi. Mazkur farq topshirish dalolatnomasi asosida
narxga ustama (ijobiy farq bo‘lganda) yoki narxdan siylov berish (salbiy farq bo‘lganda) tarzida
aniqlanadi.
Korxona kim oshdi savdolarida xususiylashtirish tartibida yoki tanlov bo‘yicha mol-mulk
majmui sifatida sotib olingan taqdirda, xaridor tomonidan to‘lanadigan ustama (olinadigan
chegirma) miqdori xarid narxi va korxonaning mol-mulk majmui sifatidagi baholash
(boshlang‘ich) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Xaridor tomonidan to‘lanadigan ustamaning (olinayotgan chegirmaning) summasi soliq
solish maqsadida quyidagi tartibda hisobga olinadi:
1) mol-mulk majmui sifatidagi korxona xaridori tomonidan to‘lanadigan ustama
xaridorning mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan oydan keyingi oydan e’tiboran besh yil mobaynida bir me’yorda uning xarajatlari deb
e’tirof etiladi;
2) mol-mulk majmui sifatidagi korxonaning xaridori tomonidan olinadigan siylov
xaridorning mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga bo‘lgan mulk huquqining o‘tishini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilgan oydagi daromadi deb e’tirof etiladi.
Sotuvchining korxonani mol-mulk majmui sifatida realizatsiya qilishdan ko‘rgan zarari
ushbu Kodeksning 
46-bobida
belgilangan tartibda soliq solish maqsadlarida sotuvchi
tomonidan hisobga olinadi.
324-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir REPO operatsiyalari bo‘yicha soliq solishning

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling