Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida operatsiyalarni


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida operatsiyalarni
amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksning 
275-moddasida
nazarda tutilgan tartibda
aniqlanadigan, oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat shartnomasining) ishonchli shaxsi oddiy
shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat
bo‘yicha soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeksning 
275-moddasida
nazarda tutilgan operatsiyalarning umumiy hisobini
yuritish, shu jumladan soliq hisobi va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar foyda solig‘ini
hisoblab chiqarish hamda to‘lashda qo‘llaniladi.
Soliq bo‘yicha oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) sherigining
(ishtirokchisining) soliq bazasini aniqlashda, uning tomonidan umumiy mulkka pulsiz hissa
sifatida ulush kiritilgan taqdirda:
1) mol-mulkning baholash qiymati va ushbu mol-mulkning qoldiq qiymati o‘rtasidagi
ijobiy farq jami daromadga kiritiladi;
2) salbiy farq soliq bazasini kamaytirmaydi.
Ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomasi)
barcha sheriklarining (ishtirokchilarining) ushbu oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat
to‘g‘risidagi shartnomasi) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning alohida-
alohida hisobini yuritadi, bunday faoliyat bo‘yicha alohida soliq bazasini aniqlaydi, soliqni
hisoblab chiqaradi va to‘laydi. Bunda ushbu shaxs mazkur soliq summasiga nisbatan ushbu
Kodeksda belgilangan soliq to‘lovchining barcha huquqlariga ega bo‘ladi va majburiyatlarini o‘z
zimmasiga oladi.
Ishonchli shaxs foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini va (yoki) pasaytirilgan soliq
stavkalarini qo‘llashga haqli emas.
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari
(ishtirokchilari) o‘rtasida har bir sherik (ishtirokchi) hissasining ulushi asosida yoki oddiy shirkat
shartnomasining (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) shartlariga muvofiq taqsimlanadi. Mazkur
daromad har bir sherikda (ishtirokchida) dividendga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeksga
muvofiq soliq solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
275-moddasi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling