Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

429-modda. Soliq stavkalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika
hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Respublika hududlari
1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln
so‘mda)
Toshkent shahri:
1 zona
242
2 zona
193
3 zona
149
4 zona
99
5 zona
50
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
31
Andijon viloyati
39
Buxoro viloyati
32
Jizzax viloyati
32
Qashqadaryo viloyati
32
Navoiy viloyati
32
Namangan viloyati
39
Samarqand viloyati
39
Surxondaryo viloyati
29
Sirdaryo viloyati
24
Toshkent viloyati
33
Farg‘ona viloyati
33
Xorazm viloyati
32
(429-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-


yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori
quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari
0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu
moddaning 
birinchi qismida
belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga
qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining
ikkinchi xatboshisida
belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu
moddaning 
birinchi qismida
belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv,
mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
(429-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-
son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun
soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer
uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq
to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.
(429-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-
son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi
ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
(429-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son —
2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling