Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

438-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi


Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari
asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ
qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(439-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari
ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi
olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga bo‘lgan huquq yuzaga
kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta
hisob-kitob qilishi hamda soliq to‘lovchiga soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan
yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band
bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar
soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(439-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-
son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling