Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

435-modda. Soliq bazasi
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi
organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining
ikkinchi qismiga
muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari
chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ
qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning)
sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlari uchun o‘rtacha hisobda aniqlanadi.
(435-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan,
shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi
ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha
aniqlanadi.
(435-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son —
2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer
uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha
aniqlanadi.
436-modda. Soliq imtiyozlari


Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga
sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni
va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan
belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining
(qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud
boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga
(qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi
to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi;
(436-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-
770-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
(436-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-
770-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi
bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb
tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining
ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi
asosida beriladi;
(436-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-
770-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan
ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Ushbu
imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
(436-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-
640-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son
— 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar
oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan)
fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironligi
bo‘lgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish
ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar
berish uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya
manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz energiya resurslarining
amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma
asosida beriladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
belgilangan soliq imtiyozlari, bundan 
5-bandda
ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun
berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi
organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq
to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu
modda birinchi qismining 
7-bandida
ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.


Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini
olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlariga
mustaqil ravishda taqdim etadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling