Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

69-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq
solishning o‘ziga xos xususiyatlari
475-modda. Umumiy qoidalar
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma bo‘lib, bu shartnomaga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda
ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish
uchun mutlaq huquqlar beradi.
Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi:
hisob yuritish va hisobot berish tartibi;
soliq solish va boshqa to‘lovlarni to‘lash shartlari;
chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni 
3-
moddasi
.
476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga
soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonunchilikda
nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati
mobaynida ushbu Kodeksning 
17-moddasida
 nazarda tutilgan soliqlarni to‘laydi.
(476-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga
oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda
amalga oshiriladi:
1) foyda solig‘i mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan
daromad bo‘yicha va faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha olingan daromad bo‘yicha alohida-
alohida to‘lanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli bo‘lgan, chegirmalar
qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim
bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i solish obyektidir;
2) mineral xomashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga
nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va
pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xomashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan yer
qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida
ish yuritayotgan bo‘lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga
oid bitim bo‘yicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi bo‘ladi. Bunda
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma olgan investor bir oylik
muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi bo‘lib ish
yuritadigan ishtirokchi to‘g‘risida xabardor etishi shart.
(476-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni 
20-
moddasi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling