Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

13-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash
106-modda. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari
Soliq majburiyatining bajarilishi mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati, penyalar, bankdagi
hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatilishi va soliq to‘lovchining mol-mulkini xatlash
bilan ta’minlanishi mumkin.
Soliq to‘lovchining soliq majburiyatini bajarish bo‘yicha ta’minlash chorasi sifatida mol-
mulkni xatlash uning arizasiga ko‘ra:
1) qimmatli qog‘ozlar uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning
garovi yoki ushbu Kodeksning 
107-moddasida
nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan
boshqa mol-mulk garovi bilan;
2) ushbu Kodeksning 
108-moddasida
 nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi
shaxsning kafilligi bilan almashtirilishi mumkin;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
108-moddasi
.
3) ushbu Kodeksning 
109-moddasida
nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan bank
kafolati bilan.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
109-moddasi
.


Ushbu Kodeksning 
109-moddasida
 nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan amaldagi
bank kafolati berilgan taqdirda, soliq organi soliq to‘lovchiga ushbu bandda nazarda tutilgan
ta’minlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari, ularni qo‘llash tartibi va shartlari
ushbu bobda belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish munosabati
bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan
tartibda va shartlarda soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlashning boshqa choralari ham
qo‘llanilishi mumkin.
(106-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 
22-bobi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling