Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Mutaxassisni jalb etish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

151-modda. Mutaxassisni jalb etish
Zarur bo‘lgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish
uchun soliq organi tomonidan maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan hamda ishning
natijasidan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassis jalb etilishi mumkin.
Shaxsning mutaxassis sifatida jalb qilinishi soliq organi va mutaxassis o‘rtasidagi
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida ishtirok etishi uning guvoh sifatida aynan shu holatlar
yuzasidan so‘roq qilinishi imkoniyatini istisno etmaydi.
 LexUZ sharhi
152-modda. Tarjimonning ishtiroki
Zarur bo‘lgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish
uchun tarjimon jalb etilishi mumkin.
Ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til
biladigan yoki kar yoxud soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan shaxs
tarjimonlik qilishi mumkin.
Shaxsning tarjimon sifatida jalb qilinishi soliq organi va tarjimon o‘rtasidagi shartnoma
asosida amalga oshiriladi.
Tarjimon soliq organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan kelishi va o‘ziga
topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.
 LexUZ sharhi
Oldingi
 tahrirga qarang.
153-modda. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini
ta’minlash


Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish
qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda
esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Videotasvirni yozib olish to‘xtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir
materiallarining ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid
tadbir tugagach taqdim etiladi.
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda videotasvirga olish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki videoyozuvga olish imkoniyati
mavjud bo‘lmaganda xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarga
majburiy tartibda jalb etiladi.
(153-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
 LexUZ sharhi

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling