Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Oldingi
 tahrirga qarang.
1) o‘ziga nisbatan tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan shaxs soliq to‘g‘risidagi qonunchilik
buzilishini sodir etgan-etmaganligini;
(158-modda o‘n beshinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
2) aniqlangan qoidabuzarliklar soliqqa oid huquqbuzarlik alomatini tashkil etish-
etmasligini;
3) shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asoslar
mavjud-mavjud emasligini;
4) soliq to‘lovchining e’tirozlari asoslanganligini belgilaydi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud bo‘lgan taqdirda soliq organining rahbari
(rahbar o‘rinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishdagi aybini istisno etuvchi
holatlarni yoki soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi
yoxud og‘irlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi faktini tasdiqlash uchun
qo‘shimcha dalillar olish zarur bo‘lgan taqdirda yoki ular bo‘lmaganda soliq organining rahbari
(rahbar o‘rinbosari) soliq nazoratining qo‘shimcha tadbirlarini bir oydan oshiq bo‘lmagan
muddatda o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqlidir.
(158-moddaning o‘n yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq nazoratining qo‘shimcha tadbirlarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorda bunday
qo‘shimcha tadbirlarni o‘tkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon etiladi, ularni
o‘tkazish muddati va aniq shakli ko‘rsatiladi.
Soliq nazoratining qo‘shimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 
146
va 
147-
moddalariga
muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni so‘roq qilish, ekspertiza amalga
oshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
146
 va 
147-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq nazorati qo‘shimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq nazoratining
o‘tkazilgan qo‘shimcha tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek soliq to‘g‘risidagi
qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi yoki ularning mavjud emasligi faktini tasdiqlash uchun
olingan qo‘shimcha dalillar, tekshiruvchilarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga
doir xulosalari va takliflari hamda ushbu Kodeksning moddalariga oid havolalar, agar ushbu
Kodeksda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda
tutilgan bo‘lsa, soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo‘shimchada
qayd etiladi.


(158-moddaning yigirmanchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo‘shimcha soliq
nazoratining qo‘shimcha tadbirlarini o‘tkazgan soliq organining mansabdor shaxslari
tomonidan bunday tadbirlar tugagan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tuzilishi va imzolanishi
kerak.
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo‘shimcha soliq
nazoratining qo‘shimcha tadbirlari natijasida olingan materiallar ilova qilingan holda ushbu
qo‘shimcha tuzilgan sanadan e’tiboran uch kun ichida o‘ziga nisbatan tekshiruv o‘tkazilgan
shaxsga (uning vakiliga) imzo qo‘ydirib berilishi yoki u olingan sana to‘g‘risida dalolat beruvchi
boshqa usulda topshirilishi kerak.
Agar o‘ziga nisbatan tekshiruv o‘tkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va (yoki) sayyor
soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo‘shimchani olishdan bosh tortsa, bunday fakt tekshiruv
dalolatnomasiga doir qo‘shimchada aks ettiriladi. Bunday holda soliq tekshiruvi
dalolatnomasiga doir qo‘shimcha tashkilotning (alohida bo‘linmaning) joylashgan eri yoki
jismoniy shaxsning yashash joyi bo‘yicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va
buyurtma xat yuborilgan sanadan e’tiboran beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi.
O‘ziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan shaxs (uning vakili)
soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo‘shimcha olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida
tekshiruv dalolatnomasiga doir bunday qo‘shimcha bo‘yicha umuman yoki uning alohida
qoidalari yuzasidan yozma e’tirozlarini taqdim etishga haqli.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling