Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

220-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik
shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka
tortiladi.
(220-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
20 — 22

66

67
 va 
69-moddalari
.
221-modda. Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini
buzish
Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy
bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi
shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga
tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan
tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari
orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik —
besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib
oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda
savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, —
yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi
tomonidan foydalanilishi, —
yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa
texnikalaridan foydalanganlik, —
yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling