Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish qoidalarini buzish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

222-modda. Daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish qoidalarini buzish
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish
(daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish kitobi) qoidalarini buzish —
besh yuz ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
223-modda. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish)
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) —
yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasidan ushbu Kodeksga muvofiq
soliqlarni hisoblash amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning maqsadida soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb
quyidagilar e’tirof etiladi:
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish
registrlarida aks ettirmaslik;


yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha
tashish;
hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya
qilish joyida mavjud emasligi;
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va
realizatsiya qilish;
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish,
soxtalashtirish yoki yo‘q qilish;
qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda
o‘zgartirish kiritish;
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga
qo‘shish;
tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi
davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);
moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish)
normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash;
ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi
summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan
qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi.
(223-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga 
asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Ushbu modda uchinchi qismining 
o‘n uchinchi
va 
o‘n to‘rtinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan
soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun
aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar
(xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga
oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish —
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida ko‘rsatilgan realizatsiya
qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(223-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son
— 2022-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling