Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga
oshirilgan sana


Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib
beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar jo‘natilgan (berilgan)
sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni
realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Agar tovarni jo‘natish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga bo‘lgan mulk huquqi xaridorga
o‘tkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Ko‘chmas mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxs
tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib
olish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha xaridorga ko‘chmas mol-mulk berilgan sana aylanma
amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Xizmatlar ko‘rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat
rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga
oshirilgan sanadir.
Ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismi
qoidalari boshlanishi bir hisobot (soliq) davriga,
tamomlanishi esa boshqa hisobot (soliq) davriga to‘g‘ri keladigan xizmatlarga nisbatan ham
qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, moliyaviy
va sug‘urta xizmatlari, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya
qilinganda, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan boshqa hollarda
tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) kalendar oyning so‘nggi kuni tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
(242-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Obyektlar qurilishida, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda,
shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli
shartnomalar bo‘yicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har
oyda topshirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga
oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi
taraflari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ko‘ra mol-mulk ijaraga
oluvchining (lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana
deb hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni berishda (xizmatlar ko‘rsatishda)
aylanma amalga oshirilgan sana deb soliq to‘lovchining tegishli ichki hujjati bilan
rasmiylashtirilgan, ushbu tovarni berish (xizmatlar ko‘rsatish) amalga oshirilgan kun e’tirof
etiladi.
Tovarlar eksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi
hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda, quyidagi sanalar tovarni realizatsiya qilish
bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona chegarasi
haqiqatda kesib o‘tilgan sana;
(242-modda o‘ninchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) bojxonaga oid deklaratsiyalashni amalga oshirgan bojxona organining belgilari
qo‘yilgan holda tovarlarga taalluqli bojxona yuk deklaratsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana –
davriy va (yoki) vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
22

47

75
 va 
120-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling