35-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri
258-modda. Soliq stavkalari
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksning
36-bobida
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq stavkasi
12 foiz miqdorida belgilanadi.
(258-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Ushbu Kodeksning
36-bobida
nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida
belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
27-moddasi
,
36-bobi
.
259-modda. Soliq davri
Ushbu Kodeksning
39-bobida
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, bir oy soliq davridir.
Oldingi
tahrirga qarang.
(259-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan aylanma
260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq
solish
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga
oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan
tovarlar;
2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga
joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston
Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga
joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash
mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar. Ushbu
modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari g‘amlab qo‘yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-
taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish
joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona
organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar.
Nol darajali stavkani ayrim hollarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning
264-moddasida
belgilangan.
Nol darajali stavkani qo‘llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga
taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
261 — 263-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |