Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
3) bitim shartlari o‘zgarganda, shu jumladan jo‘natilgan tovarlarning, ko‘rsatilgan
xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda;
4) tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda. Ushbu bandda
nazarda tutilgan tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq
to‘lovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan bo‘lsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni
(xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar
yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) shartnomasining muayyan shartlarini xaridor tomonidan
bajarishni, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan
oldin haq to‘lashni nazarda tutishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
248-moddasi
.
Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki ko‘paytirish tarafga tuzatish kiritish bir yillik muddat
doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati
doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash
bo‘yicha majburiyat ushbu Kodeksning 
313-moddasiga
muvofiq umid qilib bo‘lmaydigan
qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda ham amalga
oshiriladi. Bunday holda tuzatish kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.
(257-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan
Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof
etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish
kiritish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
.
Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yoki
ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi
boshqa hujjatlar asosida va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollar ro‘y
bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq bazasi xatolarni tuzatish natijasida o‘zgartirilgan taqdirda, shuningdek ilgari yozib
berilgan hisobvaraq-fakturaga o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lganda ushbu
moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi. Bunday holda ilgari yozib berilgan hisobvaraq-faktura
bekor qilinadi va uning o‘rniga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzatilgan hisobvaraq-
faktura rasmiylashtiriladi.
(257-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan soliq bazasiga tuzatish kiritish
amalga oshirilayotganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha
hisobvaraq-faktura asosida ilgari o‘zi hisobga olish uchun qabul qilgan soliq summasiga tegishli
tarzda tuzatish kiritadi (ko‘paytiradi yoki kamaytiradi).

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling