Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


 -modda. Soliq summalarini hisobga olishning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

266 -modda. Soliq summalarini hisobga olishning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari
Guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan soliq
to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim
bo‘lgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq
to‘lovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim
bo‘lgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi.
Guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun
qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim
bo‘lgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning
amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida hisobga
olinadi (tuzatiladi).
(266 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli 
Qonuniga
 asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan
kuchga kiradi)
267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
1
1


Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chog‘ida soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq
summasi ushbu Kodeksning 
266-moddasiga
muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi:
1) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari ushbu bo‘limga muvofiq soliq solishdan ozod
etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun
mo‘ljallangan asosiy vositalar, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda
(olib kirilganda);
2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 
1-bandida
ko‘rsatilgan asosiy vositalarni, ko‘chmas
mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta
jihozlash va ta’mirlash uchun sotib olinganda;
3) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab
chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun sotib olinganda;
4) tovarlar (xizmatlar) soliq to‘lovchi bo‘lmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi
tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda;
5) vakillik xarajatlari;
6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular bo‘yicha soliq to‘lagan hollar
mustasno;
7) soliq to‘lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo‘ljallangan, ushbu
Kodeksning 
317-moddasiga
muvofiq foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib
tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
317-moddasi
.
Soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‘ida to‘lagan soliq summalari quyidagi
tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chog‘ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni)
sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmasa, hisobga olinmaydi:
1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni,
shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilg‘ini;
2) alkogol va tamaki mahsulotlarini.
Ushbu Kodeksning 
268 — 270-moddalarida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida
hisobga olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
268 — 270-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling