Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
,
265 , 267 — 274-moddalari . Oldingi tahrirga qarang. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish aylanmasi maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) soliq tovarlar eksportidan soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. (266-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar soliq to‘lovchi oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo‘lsa, eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) soliq summasi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hisobga olinadi. Tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. (266-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Nol darajali stavka bo‘yicha tortiladigan tovarlar eksporti vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirilgan taqdirda, soliq vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari ushbu bobda belgilangan tartibda haqiqatda olingan tovarlar bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Bunda ushbu bobni qo‘llash maqsadida bunday xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar), nomoddiy aktivlar va ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida o‘z asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan soliq to‘lovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga olish to‘liq hajmda amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga bunday tovarlarni olib kirish chog‘ida ushbu soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq summasini hisobga olish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan taqdirda, oluvchi mol- mulkni ustav fondiga (ustav kapitaliga) berish chog‘ida ishtirokchi tomonidan to‘langan soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ko‘chmas mol-mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha ishtirokchi ularni berish chog‘ida to‘lagan soliq ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda berilgan aktivlarni oluvchi soliq to‘lovchida hisobga olinadi. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling